Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin

Universitet tuzilmasi

Markazlar

Media markaz

Media markaz bo‘limining qadriyatlariga ochiqlik va shaffoflik, professionalizm hamda hamkorlik kiradi. Ochiqlik va shaffoflik jamoatchilikni tezkor va xolisona axborot bilan ta’minlashni anglatadi. Professionalizm axborot sohasida yuqori malaka va zamonaviy yondashuvlardan foydalanishni taqozo etadi. Hamkorlik esa davlat organlari, ommaviy axborot vositalari va universitet bo‘linmalari bilan yaqin hamkorlikni o‘z ichiga oladi. Media markazi bo‘limining tashqi hamkorlari va imkoniyatlari quyidagilardan iborat: Andijon MTRK, My5, O‘zbekiston 24 televideniyelari, Xalq so‘zi va Hurriyat gazetalari, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA), Vodiy1.uz va Edu.uz Telegram rasmiy sahifalari bilan yaqin hamkorlik qilish orqali universitet faoliyati haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish imkoniyati mavjud. Ushbu ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda matbuot relizlari, axborot xabarlari, tahliliy maqolalar va multimedia materiallarini tarqatish, shuningdek, ommaviy tadbirlarni tashkil etish orqali universitetning imiji mustahkamlanadi. O‘zA va xalqaro axborot agentliklari bilan hamkorlik xalqaro miqyosda universitet faoliyatini yoritish imkonini beradi, masalan, xalqaro loyihalar va ilmiy tadqiqotlarni targ‘ib qilish orqali. Vodiy1.uz va Edu.uz kabi raqamli platformalar yoshlar va talabalar orasida tezkor axborot tarqatish va interaktiv muloqotni ta’minlaydi. Ushbu hamkorliklar universitetning ochiqlik va shaffoflik qadriyatlariga asoslangan holda xalqaro va mahalliy miqyosda nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Djumaboyev Ergashbek Alisher o‘g‘li

+998-93-246-81-66

Batafsil

Axborot resurs markazi

Universitet Axborot-resurs markazi 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil qilish to‘g‘risida”gi 381-qaroriga muvofiq tashkil topgan. Axborot-resurs markazi 2015-yilda maxsus loyiha asosida qurilgan va foydalanishga topshirilgan. Binoning umumiy maydoni 1967,4 m² bo‘lib, 500 000 dona adabiyot saqlash quvvatiga ega. Markazda 90 o‘ringa mo‘ljallangan 3 ta elektron o‘quv zali va 250 o‘ringa mo‘ljallangan 5 ta an’anaviy o‘quv zali mavjud bo‘lib, ular adabiyotlardan foydalanish uchun xizmat qiladi. Uyga olib ketish uchun kitoblar beriladigan abonement bo‘limi hamda 200 000 dan ortiq kitob saqlanadigan omborxonalar mavjud bo‘lib, ularning barchasi me’yoriy talablarga javob beradi. 204, 301 va 305-o‘quv xonalari sovitish moslamalari (konditsionerlar) bilan jihozlangan. Fakultet a’zolari, xodimlar va talabalar uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan.

EGAMBERDIEV ZUHRIDDIN MAMADALIEVICH

0(374)2248176

Batafsil

Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017 yil 31 avgustda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurganida bu muzey muzeylarning muzeyi bo‘lishi lozimligini ta’kidlab, Andijonda ham, Qoraqalpog‘istonda ham, Xorazmda ham, Qashqadaryoda ham, har bir viloyatining markazida yoki universitetining qoshida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining filiallarini ochishimiz kerak deb ko‘rsatgan edi. Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi universitetning 1000 o‘rinli o‘quv binosining 1-qavatida joylashgan bo‘lib 741 kv. metr joyni egallagan. Muzeyning ekspozitsion zallari – 9 ta zal va bitta koridordan, shuningdek, bino fasadidagi ikkita pannolardan iborat. Arxiv va fondlar, xodimlar uchun alohida xona, bitta qo‘shimcha omborxona mavjud. Bino 2021 yili ta’mirlangan. Muzey ekspozitsiyalari to‘liq yaratilgan bo‘lib bugungi kunda ham eksponatlarni boyitish va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Muzeyda 4 ta kompyuter, 5 ta infokiosk, 1 ta televizor, 1 ta proyektor, 10 ta videokamera bor. Muzey universitetning internet va telefon tarmoqlariga ulangan va horij tarmoqlariga chiqish imkoniyatlari mavjud.

Shamsutdinov Rustambek Temirovich

Batafsil

Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi

Universitetning o'quv va boshqaruv jarayonlariga AKT joriy etish, raqamli ta'lim muhitini rivojlantirish, tarmoq va server infratuzilmasining barqaror ishlashi hamda axborot xavfsizligini ta'minlash bilan shug'ullanuvchi tarkibiy bo'linma.

Jo‘rayev Muhammadjon Durbek o‘g‘li

+998 74 224 83 51

Batafsil

Bo'limlar

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Umaraliyev Mirolimbek Iskandarbek O'g'li

+998-97-978-99-69

Batafsil

Ichki audit va moliyaviy nazorat bo‘limi

Ichki audit xizmati bo‘limi o‘z faoliyatini VMQ-416 (01.08.2022), IMV-3583 (12.12.2024) hamda OTFIVning 150-son buyrug‘i (28.04.2025) asosida olib boradi. Bo‘limning asosiy maqsadi — oliy ta’lim muassasasida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda qonunbuzilishlarning oldini olishdan iborat. Ichki audit xizmati shtatlar jadvallari va smetalar tuzilishi, ijrosi, ish haqi va stipendiyalar to‘lanishi, ijara va kommunal xizmatlar shartnomalari, davlat mulkidan foydalanish, shuningdek debitor va kreditor qarzdorliklar ustidan doimiy nazorat olib boradi. Shuningdek, xodimlar faoliyati samaradorligi baholanib, reyting tizimi yuritiladi.

Bahritdinov Sherzodbek Bahodirovich

+998-97-272-57-25

Batafsil

Ta'lim sifati nazorati bolimi

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining ishlash nizomi 2023-yil 10-apreldagi Andijon davlat universiteti rektorining “Andijon davlat universitetining Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi to‘g‘risida”gi nizomga asosan faoliyat yuritadi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 71-sonli buyrug‘i, 2024-yil 14-oktabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida antiplagiat dasturlarini joriy etish to‘g‘risida”gi 381-sonli buyrug‘i, 2024-yil 2-dekabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 452-sonli buyrug‘i, 2024-yil 2-dekabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholashdagi norozilik bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish va talabalarning dars mashg‘ulotlarida ishtirok etishini tartibga solish to‘g‘risida”gi 451-sonli buyrug‘i.

Ro'zmatov Ergashali Yuldashevich

+998 93 445 73 34

Batafsil

Profilaktik nozir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909 son, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son Qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son hamda 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-son Farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarni uzviy ilmiy ijodiy faoliyatga undash, ularni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan boshqa qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish hamda sodir etilgan jinoyatlarni tahliliy o‘rganib, huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, shuningdek, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida universitetda profilaktika inspektori lavozimi joriy qilingan.

Nazarov Ulug‘bek Sharipovich

+998993531990

Batafsil

Andijon davlat univеrsitеtining o‘quv-uslubiy boshqarma akadеmik litsеy va tеxnikumlarga mеtodik yordam bеrish

Akademik litsey va texnikum ta’lim-tarbiya, ilmiy-tadqiqot jarayonlarini yanada faollashtirish, ularning meyoriy-uslubiy, o‘quv-tashkiliy va axborot-resurs ta’minoti sifatini oshirish natijasida o‘quvchilarga berilayotgan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, bitiruvchi yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan oliy ta’lim o‘rtasida uzviylik va uzluksizlikni yanada mustahkamlashga ko‘maklashish; Tahsil olish sifati, mazmuni va samaradorligini ta’minlovchi elektron axborot majmuasini yaratish bo‘yicha izlanishlar olib borish; Bo‘lim akademik litsey va texnikum o‘qituvchilarining OTM axborot-resurs markazi fondidagi o‘quv adabiyotlari, dastur, o‘quv qo‘llanma va darsliklar hamda ularning elektron versiyalaridan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; Yuqori salohiyatga, moddiy texnik bazaga, namunaviy ta’lim-tarbiya jarayonini joriy etish imkoniyatiga ega bo‘lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan o‘zaro hamkorlik faoliyatini tashkil qilish; Hamkor muassasalarda fanlarni o‘zlashtirishning metodik tahlili, axborot va pedagogik texnologiyalarni tahlil qilish asosida optimal taxsil olish jarayonini tashkil etish hamda uni uslubiy va moddiy ta’minotini ishlab chiqish chora-tadbirlarini ko‘rish; Mas’ul kafedralar bilan birgalikda tahsil jarayoni bilan bog‘liq holda OTM qoshidagi akademik litseyda ta’lim olayotgan iqtidorli o‘quvchilarning ilmiy izlanishlari mavzularini ishlab chiqish va ustoz-shogird metodi asosida izlanishlar olib borilishini tashkillashtirish; Yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud o‘rta maxsus, texnikum ta’limi DTSlari o‘quv rejalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish; OTMning akademik litsey va texnikum bilan hamkorlik faoliyatiga oid ilg‘or tajribalarini keng ommalashtirish chora-tadbirlarini ko‘rish; Akademik litsey va texnikum professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish, xususan, ularning kompyuter va internet savodxonligi, ingliz tilini bilishi va undan amaliy foydalana olish malakasi, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish; Akademik litsey va texnikum iqtidorli o‘quvchilarini tanlash va ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish, o‘quvchilar ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini OTM ilmiy nashrlarida chop etishga ko‘maklashish; Akademik litsey va texnikum o‘qituvchilarini, ayniqsa, yosh iqtidorli pedagoglarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish, ularning ilmiy mavzu va rahbar tanlashlarida ko‘maklashish, shuningdek, ilmiy konferensiyalar, seminarlar tashkil etishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; Bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish va ularni ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish; Akademik litsey va texnikumlardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, ularda vatanparvarlik, o‘zlikni anglash, millatimiz, dinimiz va tariximizga yot bo‘lgan turli illatlarga qarshi mustahkam immunitet hosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ko‘maklashish; Akademik litsey va texnikumlardagi axborot-resurs ta’minoti va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, OTM Axborot texnologiyalari markazidan foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.

Akbarov Abdukarim Jabborovich

74 223 55 14

Batafsil

Talabalar amaliyoti boʻlimi

Andijon Davlat Universiteti Talabalar amaliyoti bo'limi 2025-yil sentabr oyida tashkil etilgan bo'lib unda asosan talabalar amaliyoti, hamda bitiruvchilar bandligini monitoring qilish bilan shug'ullanadi.

Do'lanjonov Ravshanbek Uktamjon o'g'li

+998-91-387-40-49

Batafsil

Reja va moliya bo'limi

Oliy ta’limda rejalashtirishning asosiy vazifasi bo‘lgan xalq xo‘jaligiga zarur bo‘lgan mutaxassislarni davlat tomonidan tayyorlashda barcha mehnat, moliyaviy va mulkiy resurslarni jamlash shuningdek, ularni foydali ishlatishdan iborat. Andijon davlat universiteti reja va moliya bo‘limi (keyinchalik “Bo‘lim”) davlat budjeti xisobida bo‘lgan xolda rejalashtirishni hamda kelgusidagi rivojlanishini va universitetning barcha bo‘limlarini rivojlanishi, universitet mablag‘i va moddiy boyliklarini moliyalashtirish va taqsimlanishini ta’minlaydi. “Bo‘lim” o‘z faoliyati davomida oliygoxning mehnat va moliyaviy qonunlarining davlat tartiblarini nazorat qilishni ta’minlaydi. “Bo‘lim” universitetning kafedralar va bo‘limlarini moliyaviy nazoratini va xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish ishlarini olib boradi. “Bo‘lim” moliya va iqtisod ishlari prorektoriga bo‘ysunadi va rektor tomonidan tasdiqlangan “Nizom” asosida ish olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i asosida ishni tashkil qilish, yillik va kelgusi rejalashtirish ishlarini olib boradi

Obidov Otabek Anvarjon o'g'li

+998 88 135 01 00

Batafsil

Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi

Xo‘jalik bo‘limi universitetning moliya va iqtisodiyot bo‘limi tarkibiy tuzilmasiga kiradi va bevosita prorektor boshqaruvida faoliyat olib boradi. Xo‘jalik bo‘limi o‘z tarkibida o‘quv bino va talabalar turar joylari obodonlashtirish, issiqlik, Mexnatni muxofaza qilish bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Xo‘jalikni yuritishga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni universitet ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi.

Olimjonov Omadbek Odiljon o‘g‘li

+998970181000

Batafsil

Bosh muhandis

Bosh muxandis universitetning moliya va iqtisodiyot bo‘limi tarkibiy tuzilmasiga kiradi va bevosita prorektor boshqaruvida faoliyat olib boradi. Bosh muxandis o‘z tarkibida o‘quv bino va talabalar turar joylari obodonlashtirish, issiqlik, mexnatni muxofaza qilish bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Qurilish ishlarini yuritishga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni universitet ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi.

Toshpo‘latov Asronbek Mutalibovich

Batafsil

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

Xalqaro hamkorlik bo‘limi Andijon davlat universitetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlariga, universitet Kengashi qarorlari hamda Ustaviga va universitet rektori buyruqlariga amal qiladi. Bo’limning maqsadi universitetning xalqaro faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish hamda xalqaro taʼlim va ilmiy hamjamiyatlarda Andijon davlat universitetini obroʻsini mustahkamlashdan iborat. Xalqaro hamkorlik bo‘limi o‘z faoliyatida bevosita rektorga bo‘ysunadi.

XASANOV ILYOSBEK IBROXIMJONOVICH

+998 91 606-22-66

Batafsil

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining missiyasi – universitet talaba-yoshlarining ma’naviy, intellektual va jismoniy kamolotini ta’minlash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, ijtimoiy mas’uliyatli, vatanparvar, mustaqil fikrlovchi shaxslar sifatida shakllantirishdan iboratdir. Bo‘lim faoliyati yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ma’naviy immunitetini mustahkamlash, sog‘lom hayot tarzi va fuqarolik madaniyatini shakllantirish orqali universitetda barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan.

Muydinov Tursunboy Fazliddin o‘g‘li

(74)-223-83-58

Batafsil

Hisobxona

Universitetning buxgalteriya bo‘limi moliya-xo‘jalik faoliyatini tashkil etish, hisobga olish va nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi muhim tarkibiy bo‘linma hisoblanadi. Bo‘lim universitetning pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalarining to‘g‘ri hisobga olinishi hamda qonuniy va maqsadli sarflanishini ta’minlaydi. Buxgalteriya bo‘limi ish haqi va stipendiyalarni o‘z vaqtida hisoblash va to‘lash, soliqlar va majburiy to‘lovlarni belgilangan muddatlarda o‘tkazish, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobotlarni yuritish va tegishli tashkilotlarga taqdim etishni amalga oshiradi. Shuningdek, kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar to‘lovlarini hisobga olish va shartnomalarni rasmiylashtirish ishlari ham ushbu bo‘lim zimmasiga yuklatilgan. Bo‘lim kassa va bank operatsiyalarini nazorat qiladi, inventarizatsiya ishlarini tashkil etadi, davlat xaridlari jarayonlarida ishtirok etadi hamda moddiy boyliklarning saqlanishi va harakati ustidan doimiy nazorat olib boradi. Buxgalteriya bo‘limi o‘z faoliyati orqali universitet moliyaviy barqarorligi va shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Rasulov Dilyor Mamazokir o‘g‘li

0-(374)-223-84-05

Batafsil

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi

Zaxiriddin Muxammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘z faoliyatini, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya, Kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi O‘zbekston respublikasi qonuni, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qurultoy qarorlariga, O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qurultoy qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni asosida tashkil etadi. Universitet kasaba uyushmasi xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi universitetda faoliyat yuritayotgan barcha pedagok xodimlarni ijtimoiy iqtisodiy jihatdan ximoya qilish, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratilishini nazorat qilib, bu boradagi muammolarni tezda aniqlab universitet ma’muriyatiga yetkazib ijobiy choralar ko‘rish, pedagok xodimlarni hamda ularning oila a’zolarini sanatoriyalarda dam olishlarini tashkil etish, yozgi ta’til davrida pedagok xodimlarning farzandlarini lagerlarga yuborish hamda universitet ma’muriyati bilan xamkorlikda universitetda turli ma’naviy tadbirlar va sport tadbirlarini tashkil etib g‘oliblarin munosib taqdirlash kabi vazifalarni amalga oshirib keladi. Bundan tashqari kasaba uyushmasi moddiy yordamga muxtoj pedagok xodimlarga tizimli ravishda moddiy yordamlar beradi. Xozirda nafaqaga chiqib uyida o‘tirgan xodimlarni xolidan xabar olish kabi ishlarni ham amlaga oshiradi. Xozirgi kunda kasaba uyushmasi qo‘mitasida, kasaba uyushmasi raisi hamda 0.5 me’yor xisobchi faoliyat olib bormoqda.

BOTIROV MIRZABAHROM ABDUQAXXOROVICH

+998 90 622-07-53

Batafsil

Bosh yuriskonsult

Yuridik xizmat to‘g‘risidagi Nizomni, Universitet masalalariga oid qarorlarini bilishi, rahbar tashkilotlarning qarorlari, farmoyishlari, buyruqlarini, Universitet huquqiy faoliyatiga oid uslubiy, me’yoriy hamda boshqa ma’muriy hujjatlaridan xabardor bo‘lishi va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, universitetning Ustavi, Odob-axloq kodeksi va Ichki tartib qoidalarini bilishi kerak

Sodiqova Mo’tabarxon

+998 94 636 17 66

Batafsil

Yoshlar ittifoqi

Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasasida talaba-yoshlaming huquq va manfaatlarini himoya qilish, ulami ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashini mustahkamlash, iqtidorli yoshlami har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba-yoshlar tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat. Boshlang‘ich tashkilot o‘z faoliyatini Ittifoqning boshlang‘ich tashkiloti o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Ustavi, shuningdek,O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim , fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-martdagi 6 Q/Q sonli, О‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2023-yil 29-martdagi - Q/Q- sonli qaroriga bilan tastiqlangan Qo’shma qarorga muvofiq amalga oshiradi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi oliy ta’lim muassasining rektorining yoshlarmasalalari bo‘yicha maslahatchisi xisoblanadi.

Toxirov Shohjoxon Komiljon o’g’li

+99850 170 10 07

Batafsil

Tibbiy punkt

1975 yilda 2-poliklinikadan shtatlar holati bilan 1 me’yor bo‘lim mudiri, 1 me’yor hamshira shtatlari ajratilgan. 1998 yilda 2-o‘smirlar poliklinikasi ixtiyoriga shtatlar birligida o‘tkazilgan. 2015-yildan boshlab Andijon viloyat ko‘p tarmoqli 5-sonli Markaziy poliklini ixtiyoriga o‘tkazilgan va 2021-yildan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining “Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida tibbiy xizmatni takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 5-noyabrdagi 56- va 56 Q/Q-son hamda Sog‘liqni saqlash va Maktabgacha ta’lim vazirligining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 11-noyabrdagi 57- va 13-sonli qarorlari asosida 2 ta hamshira shtatlari bekor qilindi va 3 ta hamshira universitet budjetdan tashqari tushumlar hisobidan shtatlar ajratildi.

Isaqova Muhabbatxon Tojiddinovna

+998934157081

Batafsil

O‘quv-metodik ta’minot bo‘limi

Andijon davlat universiteti ”O‘quv-metodik taʼminoti” bo‘limi o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish, o‘quv rejalar, dasturlar, darsliklar va uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish hamda joriy etish bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy tuzilmadir. Bo‘lim ta’lim sifatini oshirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish va professor-o‘qituvchilarning metodik mahoratini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Usmonov Joxongir Nishonboyevich

+998742238814

Batafsil

Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 28-iyundagi 281-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rektorining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, universitetda 2021-yil 7-iyundan e’tiboran Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tashkil etilgan. Bo‘limning asosiy maqsadi universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash hamda ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari hamda talabalarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etishdan iborat hisoblanadi.

NARMUXAMEDOV YAKUBJON ERKULOVICH

+998742248191

Batafsil

Energetika bo’limi

Andijon Davlat universiteti Energetika bo’limi universitetdagi barcha binolarni elektr jihozlariga 10 nafar elektriklar xizmat ko’rsatadi. Tasdiqlangan bo’lim ishlash nizomi Oliy ta’lim shtat asosida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti energetiklar binolar bo’yicha biriktirilgan. Bo‘limga tegishli prezident farmoni va qarori, hukumat qarori va dasturi belgilangan Quyosh panellari o’rnatildi – 936 kilovatni tashkil etadi Vodonagrevatellar (suv isitgichlar) 200L dan 40 dona (jami: 8000L) Binolarga o’rnatilgan sensorlar (harakat sensorlari) 360 dona Quyosh panel projektorlari (tashqi hududlarga) 65 dona o‘rnatilgan

Halikov Bahrom Ubaydullayevich

+99893 415 09 74

Batafsil

Registrator ofis

Registrator ofisi talabalar kontingenti harakatini hujjatlashtirish, akademik ma'lumotnomalar va transkriptlarni rasmiylashtirish, HEMIS tizimida o'zlashtirish ma'lumotlarini yuritish hamda diplomlarni tayyorlash bilan shug'ullanadi.

Mansurov Xotamjon Jo‘rayevich

+998 94 104 43 33

Batafsil

Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi

Universitetning tarkibiy bo‘limi hisoblanadi. XB universitet Ustaviga, mazkur Nizom asosida ish yuritadi, o‘z amaliy faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi buyruqlari, universitet buyruq va ko‘rsatmalarini dasturda amal qiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini, Prezident Farmoyishlarni, Vazirlar Mahkamasining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish xaqidagi qarorlarni amalda qo‘llangan holda universitet rahbariyati bilan birgalikda kerakli mutaxassislikka va malakaga ega bo‘lgan, ish saviyasi, uslubi talabga javob bera oladigan professor-o‘qituvchilar va xodimlar bilan ta’minlashni tashkil etadi.

ABDUNAZAROV JASURBEK ABDURAHMONOVICH

+998944302004

Batafsil

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi

Anlijon Davlat universiteti Ilmiy-innovatsiyalarni tijoratlashtirish bo’limi universitet rektorining 2018-yil 7-iyuldagi 04-106 sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan. Xozirgi kunda bo’limda ikki nafar xodim faoliyat yuritmoqda.

Musaev Kobiljon Numanovich

+998945794060

Batafsil

Universal sport majmuasi

Inshoat mudiri universitetning moliya va iqtisodiyot bo‘limi tarkibiy tuzilmasiga kiradi va bevosita prorektor boshqaruvida faoliyat olib boradi. Inshoat mudiri o‘z tarkibida o‘quv bino va talabalar turar joylari obodonlashtirish, o’ziga biriktirilgan binoda xonalardagi inventarlarni saqlanishiga, mexnatni muxofaza qilish bo‘limlarini o‘z ichiga oladi.

Qo’chqarov Jo’rabek Shavkatovich

+998742255498

Batafsil

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi

Universitetda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar va talaba-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni ta'minlash hamda ijtimoiy faollikni oshirishga ko'maklashuvchi, jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yuritadigan maslahat organi.

TOSHPOLATOVA SOBIRAKXON YULDASHEVNA

Batafsil

Tahririy-nashriyot bo‘limi

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti tahririy-nashriyot bo’limi (keying o’rinlarda “bo’lim” deb yuritiladi) universitetning tarkibiy qismi hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsis ta’lim vazirligining buyruqlari, Hay’at qarorlari va ushbu Nizom asosida faoliyat ko’rsatadi. Bo’lim tarkibi universitet rektori tasdiqlagan shtatlar jadvali asosida tuziladi; Bo’lim tarkibi universitetning ushbu soha bo’yicha yetakchi mutaxassislari, professor-o’qituvchilaridan tarkib topadi; Bo’lim ilmiy ishlar bo’yicha prorektor boshchiligida faoliyat olib boradi; O’z faoliyatini yo’lga qo’yishda bo’lim fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari hamda kafedralar bilan birgalikda ish olib boradi; Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining joriy va istiqboldagi ish rejalari ijrosini ta’minlaydi.

Abdullayeva Xavoxon Yakubjanovna

+998974255238

Batafsil

Milliy va xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi

Batafsil

Murojaatlar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

Andijon davlat universiteti «Ichki nazorat va monitoring» bo‘limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida me’yoriy hujjatlar va uslubiy ko‘rsatmalarning ijro etilishini, shuningdek, universitet bo‘yicha buyruqlar va qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. «Ichki nazorat va monitoring» bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi 2001 yil 29-avgust 207-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim ichki inspeksiya va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringi»ni amalga oshirish to‘g‘risidagi Nizom, Andijon davlat universiteti Ustavi va bo‘lim Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Bo‘lim universitetda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro etish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik, agentlik va universitet bo‘yicha buyruqlarning hamda ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatida bevosita rektorga bo‘ysunadi.

KARIMBERDIYEV AKMALJON AZIMJON O`G`LI

+998934110607

Batafsil

O‘quv-uslubiy boshqarma

O‘quv-uslubiy boshqarma-o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi. O‘quv-uslubiy boshqarma universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega. O‘quv-uslubiy boshqarma talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxassis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan etnik kelib chiqishi, dini, nogironlik immigratsiya maqomi yoki jinsidan qat’i nazar, Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun hujjat topshirishi hamda tanlovda erkin ishtirok etishlarida cheklovlar yo‘q. Andijon davlat universitetida etnik kelib chiqishi, dini, nogironlik immigratsiya maqomi yoki jinsidan qat’i nazar professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talabalar oliy ta’lim muasasasida ommaviy o‘tkazladigan barcha davlat tadbirlarda faol ishtirok etishlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanishi to‘liq amalga oshirilib kelinmoqda.

ODILOV FURQAT UMARBEKOVICH

+998 99 066 11 17

Batafsil

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi universitetda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Bo‘lim ilmiy loyihalar, grantlar, doktorantura faoliyati va ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etadi.

JAYNAQOV MIRZOHID SHARABUTDINOVICH

Batafsil

Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi

Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi oliy ta’lim tashkilotida kunduzgi, muqobil, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Bo‘lim o‘quv jarayonining sifatini nazorat qiladi, yakuniy va davlat attestatsiyalarini tashkil etadi, professor-o‘qituvchilar yuklamalarini rejalashtiradi hamda talabalar bilan bog‘liq o‘quv jarayonlarini boshqaradi

Umarov Xusanboy Rustamovich

+998 94 094 77 00

Batafsil

Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi

Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi Andijon davlat universitetining mustaqil tarkibiy qismi xisoblanib, mazkur Nizom asosida faoliyat yuritadi va o‘z maqomiga ko‘ra universitetning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda universitetning moliya va iqtisod ishlari prorektoriga bo‘ysunadi. Fakultetlar, kafedralar bo‘limlar aspirantlar, talabalar, tayyorlov bo‘limlari tinglovchilarining o‘quv-tarbiya jarayonini xavfsiz o‘tkazish, ishlovchilar mehnatini xavfsiz va sog‘lom bo‘lishini tashkil qilishni amalga oshiradi. Bo‘lim o‘z faoliyatini universitetning boshqa bo‘linmalari bilan birga birlashgan kasaba uyushmasi, davlat nazorati mahalliy idoralari bilan hamkorlikda olib boradi.

Qo'zibekov Shukhrat Shokhmurotovich

Batafsil

Magistratura bo‘limi

2002-yilda Andijon davlat universitetining Magistratura bo‘limi ochilgan. Dastlab magistratura bo‘limida 7 ta mutaxassislik bo‘yicha o‘qituv boshlangani qayd etilgan.2020/2021 yildagi o'quv yillarda 510 ta magistrant talabalar sonini bolgan bo'lsa, bu ko’rsakich 2025–2026 o‘quv yilida ADU magistratura bo‘limida jami 569 nafar magistrant tehsil olmoqda. Magistrantlarning asosiy qismini 1-kurs talabalar tashkil etadi (63.6%). Grant asosida ta’lim olayotganlar soni 232 nafar bo‘lib, magistrlarning qariyb 41foizini tashkil etadi. Kunduzgi, kechki va masofaviy shakllardagi ta’lim imkoniyatlari kengaygan bo‘lib, jami 74 nafar magistrant mazkur shakllarda o‘qimoqda. Andijon davlat universiteti magistratura mutaxassisliklariga 2025/2026 o‘quv yili uchun 27 ta mutaxassiliklariga qabul jarayoni tashkil etildi. Ushbu mutaxassisliklariga jami 385 nafar magistrant 1-bosqichga talabalar safiga qabul qilindi. Shundan, 162 nafari davlat granti asosida. 200 nafari esa to‘lov shartnomas asosida, shuningdek, 23 nafar magistrant qo‘shimcha qabul asosida talabalar safiga qabul qilindi. Magistratura bo‘limi tomonidan jami o‘qisha qabul qilingan magistrantlarni hujjatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib belgilangan nizomga asosan qabul qilindi. Shuningdek talablar safiga qabul qilish to'g'risida buyruq loyihasi hamda 385 nafar magistrantga Magistrlik dissertatsiya mavzulari va ularning ilmiy rahbarlarini tasdiqlash to‘g‘risidag univertsitet rektori burug‘i loyihasi, magistratura bo‘limi tomonidan shakillantirilidi.

ASQAROV NODIRBEK IBRAGIMOVICH

+998916007594

Batafsil