Bosh yuriskonsult

Rahbar
Sodiqova Mo’tabarxon
Birinchi darajali katta yuriskonsult
Bosh yuriskonsult haqida
Birinchi darajali katta yuriskonsult
Yuridik xizmat to‘g‘risidagi Nizomni, Universitet masalalariga oid qarorlarini bilishi, rahbar tashkilotlarning qarorlari, farmoyishlari, buyruqlarini, Universitet huquqiy faoliyatiga oid uslubiy, me’yoriy hamda boshqa ma’muriy hujjatlaridan xabardor bo‘lishi va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, universitetning Ustavi, Odob-axloq kodeksi va Ichki tartib qoidalarini bilishi kerak
Faoliyat yo'nalishlari va asosiy vazifalari
- Buyruq, shartnoma va lokal hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o'tkazish
- Universitet manfaatlarini sud va boshqa organlarda himoya qilish
- Xodimlar va talabalarga huquqiy masalalarda maslahat berish
- Huquqiy targ'ibot va qonunchilikdagi o'zgarishlar haqida bo'linmalarni xabardor qilish
- Mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishda qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish