Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin

Yashil universitet

«Yashil universitet» — oliy ta'lim muassasasini ekologik barqarorlik tamoyillari asosida rivojlantirish konsepsiyasi. U kampusni ko'kalamzorlashtirish, energiya va suv resurslarini tejash, chiqindilarni kamaytirish hamda talaba-yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishni o'z ichiga oladi.

Ko'kalamzorlashtirishEnergiya samaradorligiSuvni tejashChiqindilarni boshqarishEkologik ta'limYashil transport

"YASHIL UNIVERSITET" haqida ma'lumot

«Yashil universitet» — oliy ta'lim muassasasini ekologik barqarorlik tamoyillari asosida rivojlantirish konsepsiyasi. U kampusni ko'kalamzorlashtirish, energiya va suv resurslarini tejash, chiqindilarni kamaytirish hamda talaba-yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishni o'z ichiga oladi. Andijon davlat universiteti ushbu yo'nalishda tizimli ishlarni amalga oshirib, atrof-muhit muhofazasi va yashil rivojlanish g'oyalarini kundalik faoliyatiga tatbiq etib bormoqda.

Andijon davlat universiteti barqaror rivojlanish strategiyasi doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratmoqda. Shu munosabat bilan "Yashil universitet" bo'linmasi tashkil etilmoqda, uning maqsadi nafaqat ekologik muhitni yaxshilash, balki talabalar va xodimlar uchun sog'lom va qulay yashash sharoitlarini yaratishdan iborat.

Ekologiya va barqaror rivojlanish kafedrasi mudiri T. Madumarov rahbarligida kafedra o'qituvchilari ushbu bo'linma doirasida quyidagi maqsad va vazifalarni belgiladilar:

  • Universitet hududida yashil maydonlarni kengaytirish, bog'lar, xiyobonlar va dam olish zonalari yaratish.
  • Havo sifatini yaxshilash, shahar atmosferasini tozalash va mikroiqlimni optimallashtirish.
  • Talabalar va universitet xodimlarining tabiat bilan muloqotini rivojlantirish, stressni kamaytirishga yordam berish.
  • Ekologik madaniyatni rivojlantirish, tabiatga hurmatni oshirish.

Bo'linma faoliyati doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda:

  • Ko'chat ekish va ularga qarash: universitet hududida har yili daraxt ekish aksiyalari, yosh daraxtlarga muntazam g'amxo'rlik qilish.
  • Yashil hududlarni saqlash va rivojlantirish: mavjud bog'lar, xiyobonlar va yashil maydonlar holatini doimiy nazorat qilish, ularning ekologik holatini yaxshilash.
  • Ekologik tadbirlar va ma'rifiy ish: talabalar va xodimlar orasida seminarlar, master-klasslar va targ'ibot aksiyalarini tashkil etish orqali ekologik ongni oshirish.
  • Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha innovatsion tashabbuslar: barqaror rivojlanish tamoyillariga muvofiq energiya tejamkorligini oshirish va chiqindilar miqdorini kamaytirish bo'yicha yangi texnologiyalarni joriy etish.
  • Universitet hududida sog'lom va qulay muhit yaratish.
  • Talabalar va xodimlarning ekologik ong va mas'uliyatini oshirish.
  • Andijon shahri va mintaqada ekologik holatni yaxshilash.

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universiteti 1931 yilda tashkil etilgan va 1992 yilda universitet maqomini olgan.

Yashil universitetYashil universitet

Asosiy yo'nalishlar

Ko'kalamzorlashtirish

kampus hududida daraxt va manzarali o'simliklar ekish, «Ziyolilar bog'i» barpo etish

Energiya samaradorligi

energiya tejamkor yoritish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish

Suvni tejash

suv resurslaridan oqilona foydalanish va tomchilatib sug'orish texnologiyalari

Chiqindilarni boshqarish

chiqindilarni saralash, kamaytirish va qayta ishlashga topshirish

Ekologik ta'lim

o'quv dasturlariga ekologiya va barqaror rivojlanish mavzularini kiritish, tadqiqotlar olib borish

Yashil transport

piyoda va velosipedda harakatlanishni rag'batlantirish

«Yashil makon» umummilliy loyihasi

Universitet jamoasi davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan «Yashil makon» umummilliy loyihasida faol ishtirok etadi. Loyiha doirasida mamlakat bo'ylab har yili millionlab ko'chatlar ekilmoqda, oliy ta'lim muassasalari hududlarida esa «Ziyolilar bog'»lari tashkil etilmoqda. Andijon davlat universiteti professor-o'qituvchilari, xodimlari va talabalari har bahor va kuz mavsumida ko'chat ekish aksiyalarini o'tkazib, kampus va shahar hududlarini ko'kalamzorlashtirishga hissa qo'shib kelmoqda.

Ekofaol talabalar faoliyati

  • Ekofaol talabalar faoliyati

EKOFAOLLAR HARAKATI

Andijon davlat universiteti Ekologiya va barqaror rivojlantirish kafedrasida ekologik ongni oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish yo'lida faoliyat yurituvchi EKOFAOLLAR HARAKATI tashkil etilgan. Bu harakat talabalar, professor-o'qituvchilar va universitet xodimlarini birlashtirib, barqaror rivojlanish tamoyillarini keng targ'ib qilish, tabiatga mehr-muhabbatni oshirish hamda yashil kelajak uchun amaliy ishlar amalga oshirishga xizmat qiladi.

Maqsad va vazifalar:

  • Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatni asrash bo'yicha amaliy tadbirlar va ekologik aksiyalarni tashkil etish.
  • Talabalar orasida ekologik madaniyatni rivojlantirish, ularni atrof-muhit muammolariga munosib javob berishga o'rgatish.
  • Universitet hududida chiqindilarni kamaytirish, qayta ishlash tizimini rivojlantirish va chiqindilarni to'g'ri boshqarishni ta'minlash.
  • Barqaror rivojlanish va yashil texnologiyalar bo'yicha ilmiy seminarlar, treninglar va konferensiyalar tashkil qilish.

Ekofaollar harakati bugungi kunga qadar quyidagi ishlarni amalga oshirib kelmoqda:

"EKOFAOLLAR HARAKATI" doirasida universitet hududida ko'chat ekish, bog'lar va dam olish maydonlarini tashkil etish bo'yicha muntazam aksiyalar o'tkaziladi.

Universitetda chiqindilarni ajratish tizimini joriy etish va talabalarga chiqindilarni kamaytirish bo'yicha targ'ibot ishlarini olib borish.

Plastik mahsulotlardan foydalanishni kamaytirish va qayta ishlash imkoniyatlarini oshirish.

Universitet hududidagi ekologik holatni doimiy nazorat qilish va muammolarni aniqlash.

Siz ham bu ishga o'z hissa qo'shing va bizga qo'shiling!

Harakatimizga qo'shilib, siz ham tabiatni himoya qilish, sog'lom va barqaror kelajak qurilishida faol ishtirok etishingiz mumkin.

Ekofaollar — bu nafaqat atrof-muhitga hurmat, balki jamiyatga xizmat qilish va bilimlarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyati!

Andijon davlat universiteti jamoasi eko-aksiyada faol ishtirok etmoqda

Mamlakatimizning barcha hududlarida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida "Hayot uchun joy ajrating" shiori ostida ommaviy plogging eko-aksiyasi o'tkazilmoqda.

Bugun, 23-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida rektor Baxtiyorjon Akbaraliyev tashabbusi bilan professor-o'qituvchilar, eko-faollar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida hududlarni chiqindilardan tozalash bo'yicha ommaviy eko-aksiya tashkil etildi.

Jarayon davomida ishtirokchilar universitet hududi bo'ylab har tomonlama chiqindilarni yig'ib, atrof-muhitni asrashga munosib hissa qo'shdilar va hududni yanada ozoda, sifatli hamda qulay makonga aylantirdilar.

Andijon davlat universiteti jamoasi shahar obodligi uchun "Eco Plogging" aksiyasini o'tkazdi

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog'i

Andijon davlat universiteti rahbariyati boshchiligida volontyorlar jamoasi tomonidan Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog'i hududida "Eco Plogging" aksiyasi tashkil etildi.

Mazkur ekologik tashabbus "Toza muhit – sog'lom hayot" shiori ostida o'tkazilib, talabalarda tabiatga nisbatan mas'uliyat hissini kuchaytirish, jamoatchilik orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda shahar hududlarini obod qilishga ko'maklashishni maqsad qilgan.

Aksiya davomida volontyorlar bog' hududini maishiy chiqindilardan tozaladilar, aholi o'rtasida atrof-muhitni asrash, chiqindilarni to'g'ri tashlash va ekologik tozalikni saqlash bo'yicha targ'ibot ishlarini olib bordilar.

Maqsad va ta'siri

Andijon davlat universiteti jamoasi tomonidan muntazam ravishda amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar yoshlarning ekologik mas'uliyatini oshirish, sog'lom hayot tarzini targ'ib etish va shahar obodonchiligiga munosib hissa qo'shishda muhim o'rin tutmoqda.

Andijon davlat universiteti jamoasi shahar obodligi uchun "Eco Plogging" aksiyasini o'tkazdi

Mazkur ekologik tashabbus talabalarda tabiatga nisbatan mas'uliyat hissini kuchaytirish, jamoatchilik orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda shahar hududlarini obod qilishga ko'maklashishni maqsad qilgan.

Aksiya davomida volontyorlar bog' hududini maishiy chiqindilardan tozaladilar, aholi o'rtasida atrof-muhitni asrash, chiqindilarni to'g'ri tashlash va ekologik tozalikni saqlash bo'yicha targ'ibot ishlarini olib bordilar.

Andijon davlat universiteti jamoasi tomonidan muntazam ravishda amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar yoshlarning ekologik mas'uliyatini oshirish, sog'lom hayot tarzini targ'ib etish va shahar obodonchiligiga munosib hissa qo'shishda muhim o'rin tutmoqda.

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universiteti 1931 yilda tashkil etilgan va 1992 yilda universitet maqomini olgan.

Ekofaol talabalar faoliyati 1Ekofaol talabalar faoliyati 2Ekofaol talabalar faoliyati 3Ekofaol talabalar faoliyati 4Ekofaol talabalar faoliyati 5Ekofaol talabalar faoliyati 6Ekofaol talabalar faoliyati 7Ekofaol talabalar faoliyati 8Ekofaol talabalar faoliyati 9Ekofaol talabalar faoliyati 10Ekofaol talabalar faoliyati 11Ekofaol talabalar faoliyati 12Ekofaol talabalar faoliyati 13Ekofaol talabalar faoliyati 14Ekofaol talabalar faoliyati 15Ekofaol talabalar faoliyati 16Ekofaol talabalar faoliyati 17Ekofaol talabalar faoliyati 18