Ichki audit va moliyaviy nazorat bo‘limi

Bahritdinov Sherzodbek Bahodirovich
Ichki audit va moliyaviy nazorat bo‘limi
Ichki audit va moliyaviy nazorat bo‘limi haqida
Ichki audit xizmati bo‘limi o‘z faoliyatini VMQ-416 (01.08.2022), IMV-3583 (12.12.2024) hamda OTFIVning 150-son buyrug‘i (28.04.2025) asosida olib boradi. Bo‘limning asosiy maqsadi — oliy ta’lim muassasasida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda qonunbuzilishlarning oldini olishdan iborat. Ichki audit xizmati shtatlar jadvallari va smetalar tuzilishi, ijrosi, ish haqi va stipendiyalar to‘lanishi, ijara va kommunal xizmatlar shartnomalari, davlat mulkidan foydalanish, shuningdek debitor va kreditor qarzdorliklar ustidan doimiy nazorat olib boradi. Shuningdek, xodimlar faoliyati samaradorligi baholanib, reyting tizimi yuritiladi.
Faoliyat yo'nalishlari va asosiy vazifalari
- Moliyaviy-xo'jalik operatsiyalarining qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini tekshirish
- Ichki audit rejalarini tuzish va auditorlik tekshiruvlarini o'tkazish
- Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan bartaraf etish choralarini taklif qilish va ijrosini kuzatish
- Moddiy boyliklar saqlanishi va inventarizatsiya natijalarini nazorat qilish
- Korrupsiyaviy risklarni baholash va oldini olish bo'yicha takliflar kiritish
Tegishli me'yoriy hujjatlar
Bo'lim xodimlari1
Sobirov Shoyadbek Kurbonaliyevich
Bosh mutaxassis
+998-33-879-61-32