Andijon davlat univеrsitеtining o‘quv-uslubiy boshqarma akadеmik litsеy va tеxnikumlarga mеtodik yordam bеrish

Akbarov Abdukarim Jabborovich
Bo'lim boshlig'i
Andijon davlat univеrsitеtining o‘quv-uslubiy boshqarma akadеmik litsеy va tеxnikumlarga mеtodik yordam bеrish haqida
Sektor universitet O'quv-uslubiy boshqarmasi tarkibidagi bo'linma bo'lib, oliy ta'lim bilan akademik litsey va texnikumlar o'rtasidagi uzviylik hamda uzluksizlikni ta'minlashga xizmat qiladi. U hamkor ta'lim muassasalariga me'yoriy-uslubiy, o'quv-tashkiliy va axborot-resurs jihatdan yordam ko'rsatadi, o'quvchilarning bilim sifatini oshirish va ularni oliy ta'limga tayyorlashga ko'maklashadi.
Faoliyat yo'nalishlari va asosiy vazifalari
- Akademik litsey va texnikum ta’lim-tarbiya, ilmiy-tadqiqot jarayonlarini yanada faollashtirish, ularning meyoriy-uslubiy, o‘quv-tashkiliy va axborot-resurs ta’minoti sifatini oshirish natijasida o‘quvchilarga berilayotgan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, bitiruvchi yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan oliy ta’lim o‘rtasida uzviylik va uzluksizlikni yanada mustahkamlashga ko‘maklashish
- Tahsil olish sifati, mazmuni va samaradorligini ta’minlovchi elektron axborot majmuasini yaratish bo‘yicha izlanishlar olib borish
- Bo‘lim akademik litsey va texnikum o‘qituvchilarining OTM axborot-resurs markazi fondidagi o‘quv adabiyotlari, dastur, o‘quv qo‘llanma va darsliklar hamda ularning elektron versiyalaridan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish
- Yuqori salohiyatga, moddiy texnik bazaga, namunaviy ta’lim-tarbiya jarayonini joriy etish imkoniyatiga ega bo‘lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan o‘zaro hamkorlik faoliyatini tashkil qilish
- Hamkor muassasalarda fanlarni o‘zlashtirishning metodik tahlili, axborot va pedagogik texnologiyalarni tahlil qilish asosida optimal taxsil olish jarayonini tashkil etish hamda uni uslubiy va moddiy ta’minotini ishlab chiqish chora-tadbirlarini ko‘rish
- Mas’ul kafedralar bilan birgalikda tahsil jarayoni bilan bog‘liq holda OTM qoshidagi akademik litseyda ta’lim olayotgan iqtidorli o‘quvchilarning ilmiy izlanishlari mavzularini ishlab chiqish va ustoz-shogird metodi asosida izlanishlar olib borilishini tashkillashtirish
- Yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud o‘rta maxsus, texnikum ta’limi DTSlari o‘quv rejalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish
- OTMning akademik litsey va texnikum bilan hamkorlik faoliyatiga oid ilg‘or tajribalarini keng ommalashtirish chora-tadbirlarini ko‘rish
- Akademik litsey va texnikum professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish, xususan, ularning kompyuter va internet savodxonligi, ingliz tilini bilishi va undan amaliy foydalana olish malakasi, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish
- Akademik litsey va texnikum iqtidorli o‘quvchilarini tanlash va ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish, o‘quvchilar ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini OTM ilmiy nashrlarida chop etishga ko‘maklashish
- Akademik litsey va texnikum o‘qituvchilarini, ayniqsa, yosh iqtidorli pedagoglarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish, ularning ilmiy mavzu va rahbar tanlashlarida ko‘maklashish, shuningdek, ilmiy konferensiyalar, seminarlar tashkil etishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
- Bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish va ularni ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish
- Akademik litsey va texnikumlardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, ularda vatanparvarlik, o‘zlikni anglash, millatimiz, dinimiz va tariximizga yot bo‘lgan turli illatlarga qarshi mustahkam immunitet hosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ko‘maklashish
- Akademik litsey va texnikumlardagi axborot-resurs ta’minoti va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, OTM Axborot texnologiyalari markazidan foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish
Tegishli tuzilmalar
Sektor quyidagi ta'lim muassasalari bilan bevosita ishlaydi (universitet tashkiliy tuzilmasiga muvofiq):
- Andijon davlat universiteti akademik litseyi — universitet huzuridagi akademik litsey
- Kasbiy ta'lim tashkilotlari — universitet biriktirilgan texnikum va kollejlar, jumladan Andijon media-ta'lim texnikumi
Amalga oshirilgan ishlar
2025–2026-o‘quv yilida Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam ko‘rsatish sektori faoliyati hisoboti
Asosiy vazifalar va natijalar:
Tashkiliy-metodik yordam: Akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonini me’yoriy hujjatlar (o‘quv reja, sillabus, dasturlar) asosida tashkil etish bo‘yicha tizimli monitoring olib borildi. Pedagoglarga uslubiy maslahatlar berildi va dars sifatini oshirish choralari ko‘rildi.
O‘quv adabiyotlari ta’minoti:
Universitet Kengashi qarori bilan texnikumlar uchun zarur bo‘lgan 34 nomdagi darsliklar universitet bosmaxonasida chop etishga tayyorlandi va tasdiqlandi.
Monitoring va nazorat:
Qabul jarayonlari:
Xonobod 2-son politexnikumidagi kirish imtihonlarining shaffof o‘tishi nazorat qilindi.
Dual ta’lim:
Andijon raqamli texnologiyalar texnikumi va boshqa maskanlarda dual ta’lim oluvchi o‘quvchilarning amaliyot sharoitlari (transport, oziq-ovqat, ish haqi) o‘rganildi.
Ta’lim muhiti:
8-son Media-ta’lim, Andijon ilg‘or kasbiy mahorat, Asaka 1-son va Izboskan 3-son texnikumlarida o‘quv xonalari, texnik jihozlanish va innovatsion yondashuvlar tahlil qilindi.
Kasbga yo‘naltirish:
Bitiruvchi o‘quvchilar bilan “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida uchrashuvlar o‘tkazildi. Ularga oliy ta’lim imkoniyatlari, kompyuter injiniringi yo‘nalishlari va zamonaviy kasb tanlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Hisobot davrida ta’lim sifatini oshirish, pedagoglar salohiyatini rivojlantirish va o‘quv jarayonini me’yoriy talablar darajasiga yetkazish bo‘yicha tizimli ishlar bajarildi. Kelgusida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish asosiy ustuvor vazifa etib belgilandi.
Tegishli me'yoriy hujjatlar
Bo'lim xodimlari1
Madaminov Mirsaid Ulug'bek o'g'li
Arxiv mudiri
+998916048482