Murojaatlar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

KARIMBERDIYEV AKMALJON AZIMJON O`G`LI
Murojaatlar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi
Murojaatlar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi haqida
Andijon davlat universiteti «Ichki nazorat va monitoring» bo‘limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida me’yoriy hujjatlar va uslubiy ko‘rsatmalarning ijro etilishini, shuningdek, universitet bo‘yicha buyruqlar va qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. «Ichki nazorat va monitoring» bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi 2001 yil 29-avgust 207-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim ichki inspeksiya va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringi»ni amalga oshirish to‘g‘risidagi Nizom, Andijon davlat universiteti Ustavi va bo‘lim Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Bo‘lim universitetda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro etish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik, agentlik va universitet bo‘yicha buyruqlarning hamda ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatida bevosita rektorga bo‘ysunadi.
Faoliyat yo'nalishlari va asosiy vazifalari
- Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilish, ro'yxatga olish va ijrochilarga yetkazish
- Murojaatlarning qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko'rib chiqilishini nazorat qilish
- Rektor virtual qabulxonasi va ishonch telefoni faoliyatini yuritish
- Murojaatlar tahlili asosida tizimli muammolar bo'yicha rahbariyatga takliflar kiritish
- Ijro intizomi monitoringini olib borish va hisobotlar tayyorlash
Amalga oshirilgan ishlar
1. Tashkiliy ishlar va nazorat
Mas'ul shaxs: Prezident virtual qabulxonasi bilan ishlashga bo‘lim boshlig‘i A.Karimberdiyev tayinlangan.
Nazorat: Murojaatlar hisobini yuritish uchun 4 kishidan iborat doimiy ishchi guruh faoliyat yuritadi.
Muhokama: Murojaatlar holati muntazam ravishda rektor huzuridagi yig‘ilishlarda va universitet Kengashida ko‘rib chiqiladi.
2. Murojaatlar statistikasi (Jami: 36 ta) Joriy yilning 6 oyi davomida barcha murojaatlar o‘z muddatida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, kelib tushish manbalari quyidagicha:
Elektron murojaatlar (pochta orqali): 14 ta
Virtual qabulxona orqali: 10 ta
Og‘zaki murojaatlar: 10 ta
Yozma murojaatlar: 2 ta
3. Murojaatlarni hal etish natijalari (Virtual qabulxona misolida) Kelib tushgan 10 ta virtual murojaatdan:
6 tasi ijobiy hal qilingan;
4 tasiga tegishli tushuntirishlar berilgan.
4. Murojaatlarning asosiy mazmuni Fuqarolar va talabalar asosan quyidagi masalalarda murojaat qilishgan:
O‘quv jarayonlari va kredit-modul tizimi;
To‘lov-kontrakt masalalari;
OTMga qabul va sirtqi ta’limda o‘qish;
Yakuniy davlat imtihonlarini topshirish va diplom olish.
Tegishli me'yoriy hujjatlar
Bo'lim xodimlari5
Muminova Faridaxon Tulashevna
Ish yurituvchi
+998914861011
Mardonova Gulsoraxon Pazilovna
Ish yurituvchi
998914824559
Jalilov Nadirjan Sayfutdinovich
Bosh mutaxassis
998905433115
Dadaxujayeva Lazokatxon G'aniyevna
Bosh mutaxassis
+998934268367
Madaminov Mirsaid Ulug'bek o'g'li
Arxiv mudiri
998916048482