Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin

Ustoz-shogird maktabi

Ustoz-shogird maktablari

Andijon davlat universitetining kafedralarida tegishli ixtisosliklar bo‘yicha ustoz-shogird maktablari faoliyat yuritadi. Ushbu maktablarda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar birgalikda ilmiy faoliyat olib boradilar: maqola, tezis, dissertatsiyalar hamda ilmiy loyihalarni tayyorlash, chop etish va turli tanlovlarda ishtirok etish bilan shug‘ullanadilar.

Yaratilgan sharoitlar

Ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi professor-o‘qituvchilar uchun universitetda barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Jumladan, laboratoriya tajribalari bilan bog‘liq tadqiqotlar uchun:

  • «Tovarlar kimyosi va xalq tabobati» ilmiy-ishlab chiqarish markazi
  • «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari» (RENESLAB) laboratoriyasi
  • Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi
  • Respublikadagi boshqa oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot institutlari bilan ilmiy hamkorlik

Bundan tashqari, universitetning Axborot-resurs markazida tadqiqotchilar uchun alohida kompyuterlashtirilgan xonalar ajratilgan bo‘lib, u yerda elektron adabiyotlar, bepul internet hamda boy adabiyotlar fondidan foydalanish imkoniyati mavjud.