Bitiruvchilar monitoringi va ishga joylashuv
Marketing va bitiruvchilar bilan ishlash bo'limi har yili bitiruvchilarning ishga joylashuvi monitoringini olib boradi.
2025-yil ko'rsatkichlari
- Bitiruvchilar soni: 2 340 nafar
- Ishga joylashganlar: 87,4 %
- Mutaxassisligi bo'yicha ishlayotganlar: 78,2 %
- Magistraturada o'qishni davom ettirganlar: 6,8 %
Bitiruvchilarga ko'mak
Universitetda har yili «Karyera yarmarkasi» o'tkazilib, unda 60 dan ortiq ish beruvchi tashkilot ishtirok etadi. Bitiruvchilar uchun rezyume tayyorlash va intervyuga tayyorgarlik bo'yicha bepul treninglar tashkil etiladi.