Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin
Tadbir

Vazir o‘rinbosari Andijon davlat universitetida sayyor qabul o‘tkazdi

28-iyul, 2026-yil426 ko'rildiTadbir sanasi: 28-iyul, 2026-yilAndijon davlat universiteti

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida tinglash, ularning muammo va takliflarini atroflicha o‘rganish, ayniqsa yoshlarni o‘ylantirayotgan masalalarga qonuniy va amaliy yechim topish hamda davlat organlari bilan aholi o‘rtasida ochiq muloqotni ta’minlash bugungi islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda 28-iyul kuni Andijon davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov tomonidan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talaba-yoshlar hamda fuqarolar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida vazir o‘rinbosari har bir murojaatchining muammo, taklif va tashabbuslarini tinglab, oliy ta’lim tizimiga oid dolzarb masalalarni bevosita joyida o‘rgandi. Murojaatlar mutaxassislar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, zarur huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ijobiy hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Mazkur sayyor qabul fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni yanada mustahkamlash, oliy ta’lim tizimidagi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlarning izchil davom etayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Rasmlar galereyasi