Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin
E'lon

O‘qishni ko‘chirish uchun ariza qachon va qayerga topshiriladi?

15-iyun, 2026-yil1023 ko'rildi

Xorijiy davlatlar yoki nodavlat (xususiy) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirishni rejalashtirayotgan talabalar uchun arizalar 2026-yil 15-iyuldan 5-avgustga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. 📝Talabgorlar hujjatlarini quyidagi platformalar orqali elektron shaklda topshirishlari mumkin: my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali; my.uzbmb.uz – Bilim va malakalarni baholash agentligining platformasi; Davlat xizmatlari markazlari (DXM) orqali murojaat qilish. Kimlar ariza topshirishi mumkin? Xorijiy davlatlar yoki O‘zbekiston Respublikasidagi nodavlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirish istagida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari. ⚠️ O‘qishni ko‘chirish jarayonida ishtirok etish uchun ariza topshirish majburiy hisoblanadi. Shu sababli talabgorlar hujjatlarni belgilangan muddatlarda topshirishlari tavsiya etiladi.