
Yurtimizga bahor tashrif buyurib, Andijon shahrida pavlovniya daraxtlari gullamoqda. Ular o‘zining betakror ifori va tabiat tarovat bilan qalblarga iliqlik hamda quvonch ulashib, yangilanish, poklanish va ezgu niyatlar sari intilish ramzi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Hozirgi kunda Andijon viloyatida pavlovniya gullashining eng go‘zal lahzalarini namoyon etuvchi “Pavlovniya Fest – 2026” festivali yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda. Unda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari ham faol ishtirok etib, festivalni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
Festival doirasida pavlovniyalar gullagan ko‘chalarda aholi uchun ko‘ngilochar tadbirlar, sevimli san’atkorlarning konsert dasturlari, ommaviy yurishlar, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari va ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda. Bularning barchasi shahar aholisi va mehmonlariga bahoriy kayfiyat hamda unutilmas taassurotlar ulashmoqda.