Muhandis-dasturchi
Lavozim vazifalari
- Texnik qoʻllab-quvvatlash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun skriptlar va vositalar ishlab chiqish.
- Murojaat tizimi dasturiy taʼminotini boshqarish va sozlash.
- Foydalanuvchilar uchun elektron qoʻllanmalar va instruktaj materiallarini tayyorlash.
- Dasturiy taʼminot oʻrnatish, ularning avtomatlashtirilgan paketlarini (MSI, GPO) tayyorlash va tarqatish.
- Texnik murojaat statistikasini tahlil qiluvchi hisobotlar tizimini ishlab chiqish.
- Operatsion tizimlar va ilovalar bilan bogʻliq muammolarni dasturiy usulda hal etish.
- Antivirus va himoya tizimlarining markazlashtirilgan boshqaruvini taʼminlash.
- Texnik hujjatlarni tizimlashtirish va bazasini saqlash.
- Boʻlim boshligʻi tomonidan berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshiradi.
Malaka talablari
- Oliy ma'lumotga ega bo'lishi
- Yo'nalishi bo'yicha kamida 3 yillik ish stajiga ega bo'lishi
Bilishi kerak
Universitet masalalariga oid qarorlarini bilishi, rahbar tashkilotlarning qarorlari, farmoyishlari, buyruqlarini, universitet huquqiy faoliyatiga oid uslubiy, meʼyoriy hamda boshqa maʼmuriy hujjatlaridan xabardor boʻlishi va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, universitetning Ustavi, Odob-axloq kodeksi va Ichki tartib qoidalarini bilishi kerak.
Klassifikator ma'lumotlari
- Lavozim nomi: Muhandis-dasturchi
- MMSK bo'yicha kod: 2132
- Xodimlar toifasi: M
- Ma'lumotning eng past darajasi: Oliy maʼlumot
Ariza topshirish
Nomzodlar rezyume va oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom nusxasini quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari yoki universitet devonxonasiga shaxsan topshirishlari mumkin. Suhbat bosqichiga o'tgan nomzodlar bilan alohida bog'laniladi.