Kontent-menejer
Lavozim vazifalari
- Universitetning rasmiy veb-saytida yangiliklar, e'lonlar va materiallarni o'z vaqtida joylashtirish
- Oylik kontent rejasini tuzish va bo'lim boshlig'i bilan kelishib, belgilangan muddatda amalga oshirish
- Kontentlarni imloviy, uslubiy va faktologik jihatdan tekshirish — Davlat tili to'g'risidagi Qonun talablariga binoan
- Sayt tashrif buyuruvchilari statistikasini kuzatib borish va hisobot tuzish
- SEO talablariga muvofiq sarlavhalar, tavsiflar va kalit so'zlar yozish
- Kontent arxivini tartibli saqlash va kataloglash
- Bo'lim boshlig'i tomonidan berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida va sifatli bajarish
Malaka talablari
- Oliy ma'lumotga ega bo'lishi
- Yo'nalishi bo'yicha kamida 3 yillik ish stajiga ega bo'lishi
Bilishi kerak
Universitet masalalariga oid qarorlarni, axborot texnologiyalariga oid yangiliklarni, rahbar tashkilotlarning qarorlari, farmoyishlari va buyruqlarini, universitet huquqiy faoliyatiga oid uslubiy, me'yoriy hamda boshqa ma'muriy hujjatlarni, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni, universitetning Ustavi, Odob-axloq kodeksi va Ichki tartib-qoidalarini bilishi kerak.
Klassifikator ma'lumotlari
- Lavozim nomi: Kontent-menejer
- MMSK bo'yicha kod: 1420
- Xodimlar toifasi: B
- Ma'lumotning eng past darajasi: 5
Ariza topshirish
Nomzodlar rezyume va oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom nusxasini quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari yoki universitet devonxonasiga shaxsan topshirishlari mumkin. Suhbat bosqichiga o'tgan nomzodlar bilan alohida bog'laniladi.