Boʻlim boshligʻi
Lavozim vazifalari
- Raqamli taʼlim texnologiyalarini joriy etish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Yangi platformalar va dasturiy mahsulotlarni sinov-ishga tushirish jarayonini boshqarish;
- Professor-oʻqituvchilarga raqamli vositalardan foydalanish boʻyicha trening tashkil etish;
- Boʻlim xodimlarining ish rejasini tuzish, faoliyatini nazorat qilish va baholash;
- Yangi IT yechimlar boʻyicha texnik shartlar (TZ) va hujjatlarni tayyorlash;
- Boʻlim faoliyati boʻyicha hisobotlarni markaz boshligʻiga taqdim etish;
- Maʼlumotlar xavfsizligi va zaxiralarini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirish;
- Axborot tizimini ishga tushirish va texnik qoʻllab-quvvatlashni amalga oshiradi.
Malaka talablari
- Oliy ma'lumotga ega bo'lishi
- Yo'nalishi bo'yicha kamida 3 yillik ish stajiga ega bo'lishi
Bilishi kerak
Universitet masalalariga oid qarorlarini bilishi, Axborot texnologiyalariga oid yangiliklari, rahbar tashkilotlarning qarorlari, farmoyishlari, buyruqlarini, universitet huquqiy faoliyatiga oid uslubiy, meʼyoriy hamda boshqa maʼmuriy hujjatlaridan xabardor boʻlishi va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, universitetning Ustavi, Odob-axloq kodeksi va Ichki tartib qoidalarini bilishi kerak.
Klassifikator ma'lumotlari
- Lavozim nomi: Boʻlim boshligʻi
- MMSK bo'yicha kod: 1236
- Xodimlar toifasi: B
- Ma'lumotning eng past darajasi: Oliy ma'lumot
Ariza topshirish
Nomzodlar rezyume va oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom nusxasini quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari yoki universitet devonxonasiga shaxsan topshirishlari mumkin. Suhbat bosqichiga o'tgan nomzodlar bilan alohida bog'laniladi.