Jasurbek G'ulomov
JG
Yosh tadqiqotchilar
Jasurbek G'ulomov
Yosh tadqiqotchi, ADU talabasi sifatida ilmiy faoliyat boshlagan
Quyosh elementlarini modellashtirish«Talabalik davridayoq xalqaro jurnallarda quyosh energetikasi bo'yicha maqolalar chop etgan»
Jasurbek G'ulomov Andijon davlat universitetida talaba bo'lib, prof. R. Aliev ilmiy maktabida tadqiqotlarni boshlagan. U kremniy quyosh elementlarini TCAD modellashtirish, teksturalangan sirt va asos qalinligining fotoelektrik parametrlarga ta'sirini o'rgangan. Keyinchalik perovskit va geteroo'tishli quyosh batareyalari bo'yicha atomdan qurilmagacha simulyatsiyalar ustida ishlagan. Natijalar xorijiy hammualliflar bilan Nanomaterials (MDPI, 2022) jurnalida chop etilgan.
Asosiy yutuqlar
- 2021 — TCAD modellashtirish bo'yicha maqolalar (Scientific and Technical Journal of IT, Mechanics and Optics)
- 2022 — Nanomaterials jurnalida 2 ta maqola (perovskit, MoO₃/Si geteroo'tish)
- FAP 01801 «Fotoelektrik o'zgartirgich» (2022) hammuallifi