Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin

Filologiya fakulteti

0Ta'lim yo'nalishlari
0Kafedralar
0Professor-o'qituvchilar
Rahmonov Bahodirjon Mamajonovich
Dekan

Rahmonov Bahodirjon Mamajonovich

Telefon+998902115121Elektron pochtaraxmonov@adu.uzQabul kunlariHar kuni, 14:00-18:00

Fakultet haqida

Farg‘ona vodiysida filolog kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda 1936 yilda Andijon davlat kechki pedagogika institutida o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash uchun baza yaratila boshlandi. 1939 yilda Andijon davlat o‘qituvchilar institutining kunduzgi va sirtqi bo‘limlariga talabalar qabul qilindi. 1992 yil 28 aprelda Andijon davlat pedagogika instituti bazasida Andijon davlat universitetini tashkil qilinishi munosabati bilan qator struktur o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, tarix, filologiya fakulteti bazasida ikkita – tarix va filologiya fakultetlari tashkil qilindi. Aytish kerakki, universitet maqomi berilgach, yangi ta’lim yo‘nalishlari ochildi. Jumladan, bu o‘rinda jurnalistika, sharqshunoslik mutaxassisliklari bevosita fakultet faoliyatiga taalluqlidir. Shu bilan bog‘liq ravishda fakultet ma’lum muddat “O‘zbek filologiyasi va jurnalistika”, “O‘zbek filologiyasi va sharqshunoslik” kabi nomlar bilan ham yuritildi. Ta’kidlash joizki, filologiya fakulteti nafaqat universitet miqyosida, balki respublikadagi oliy ta’lim muassasalari ichida katta ilmiy potensialga ega bo‘lgan, o‘zbek tilshunosligi, o‘zbek adabiyotshunosligi ilmida katta ilmiy maktab yaratgan fakultetdir. Fakultetdagi jamoatchilik, tashkiliy, tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy faoliyatning yanada yuksalishida, rivojlanishida birinchi navbatda, fakultetda faoliyat yuritayotgan 15 nafar fan doktorlari, 40 ga yaqin fan nomzodlari (PhD), 5 nafar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda 1 nafar O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zolari, qolaversa tashkilotchi rahbar, bugungi kunda fakultet dekani sifatida faoliyat yuritib kelayotgan filologiya fanlari doktori, professor Rahmonov Bahodir Mamajonovichning xizmatlari beqiyos. Bugungi kunda fakultetda 4 ta mutaxassislik kafedralari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bular quyidagilar: o‘zbek tilshunosligi, o‘zbek adabiyotshunosligi, rus filologiyasi hamda ingliz filologiyasi kafedralari.

Dekan o'rinbosarlari

Shaxobov Kamoldin Biloldinovich

Dekan o'rinbosari

Shaxobov Kamoldin Biloldinovich

+998902691134b.kamoldin@adu.uzHar kuni, 14:00-18:00

Kafedralar

Tyutorlar5

Mirzaahmedova Zebo Satvaldiyevna

Tyutor

Mirzaahmedova Zebo Satvaldiyevna

Abdujalilov Abdulhay Abduhalim o'g'li

Tyutor

Abdujalilov Abdulhay Abduhalim o'g'li

Saliyev Jasurbek Nabijonovich

Tyutor

Saliyev Jasurbek Nabijonovich

Djuraboyeva Shaxnoza Anvarovna

Tyutor

Djuraboyeva Shaxnoza Anvarovna

Novshadbekov Jasurbek Diyorbek o'g'li

Tyutor

Novshadbekov Jasurbek Diyorbek o'g'li